«Milan»ga «MYU» futbolchisi kerak
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini yana A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Milan Post xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchiga "Milan" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.
Avvalroq Italiya klubi 26 yoshli futbolchi haqida surishtiruv o'tkazgan, ammo "qizil iblislar" juda yuqori narx belgilab qo'ygani uchun uni qo'lga kiritish fikridan tezda voz kechgan.
Transfermarkt Matteys de Ligtning narxini 38 million yevroga baholamoqda va uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist