locale OZ

Milan Vest Ham yulduzi uchun kurashga qoʻshildi

Italiya grandi qanot hujumchisini ushbu yozda oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milan West Ham yulduzi uchun kurashga qoʻshildi
ФОТО: Getty images

Vest Ham vingeri Krisencio Sammervill yozgi transfer oynasida jamoasini oʻzgartirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga koʻra, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun kurashga Milan ham qoʻshilgan. Italiya grandi qanot hujumchisini ushbu yozda oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.

Biroq "rossoneri" transfer uchun Tottenham va Aston Villa bilan raqobatlashishiga toʻgʻri keladi. Har ikki klub ham futbolchiga qiziqishda davom etmoqda.

Manbada aytilishicha, Vest Ham Premer Ligadan tushib ketganidan soʻng Sammervillni taxminan 40 million yevro evaziga qoʻyib yuborishga tayyor.

Hujumchi oʻtgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting