«Milan» qishda Endrik bo‘yicha yangi taklif yuboradi
«Roma» ham unga qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
«Milan» klubi Joze Mourinyo boshchiligidagi «Real»da yana o‘z o‘rnini topa olmayotgan braziliyalik hujumchi Endrikka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Pianeta Milan xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, Endrikning vaziyatini kuzatayotgan yana bir Italiya klubi — «Roma». Bu klublar qishda braziliyalik vinger bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Endrik avvalroq «Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Paulu Fonseka qo‘l ostida Fransiyaning «Lion» klubida ijara asosida o‘ynagan edi.
Hozirda braziliyalik futbolchi «Real»ga qaytgan, ammo yana murakkab vaziyatga tushib qoldi: Madrid klubi u bilan to‘liq xayrlashishni istamayapti, biroq Endrik asosiy tarkibdan joy olishga ham qiynalmoqda.