«Milan» Nkunku va Yashari bilan xayrlashmoqchi
Bu haqida TUTTOmercatoWEB xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Milan yozgi transfer oynasida ikki futbolchi — Ardon Yashari va Kristofer Nkunku bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqida TUTTOmercatoWEB xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "rossoneri" rahbariyati har ikki futbolchining o‘yinidan qoniqmayapti va kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Klub ularni sotish orqali sarflangan mablag‘ni qisman qoplashni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, Yashari ushbu mavsum 13 ta bahsda maydonga tushib, 1 assist qayd etgan. Nkunku esa 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 gol va 3 assist muallifiga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist