\"Milan\" Luis Dias uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images
"Milan" kelajagi noaniq bo‘lib qolayotgan "Liverpul" hujumchisi Luis Diasga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Futbolchiga "Barselona" klubi anchadan beri jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Italiya klubi vakillari yaqinda "qizillar" forvardining atrofidagilar bilan bog‘lanishgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Luis Diasning narxi 85 million yevroni tashkil qiladi.
28 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist