locale OZ

\"Milan\" Leau uchun narx belgiladi

Bundesliga yetakchisi unga qiziqmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Milan" Leau uchun narx belgiladi
Photo: Getty Images

“Milan” klubi Rafael Leau uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Kicker portalining xabariga ko‘ra, “rossonerilar” Leau transferidan 130 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

Unga “Bavariya” jiddiy qiziqmoqda. Myunxenliklar 25 yoshli portugaliyalik vinger uchun xaridga tayyor. Klub va futbolchining agentlari o‘tgan hafta uchrashib ulgurgan.

Leauning “Milan” bilan shartnomasida tovon puli 175 million yevro deb belgilangan bo‘lsa-da, klub 130 million yevro talab qilmoqda. Biroq bu summa yana ham pasayishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Rafael A Seriyadagi 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting