locale OZ

«Milan» Kieza uchun da'vogar

"Rossonerilar" Kieza uchun 5 million yevro taklif qilishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Kieza uchun da'vogar
ФОТО: Getty images

Liverpul klubi vingeri Federiko Kieza A Seriyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, italiyalik futbolchiga Milan tomonidan jiddiy qiziqish bor. Rossonerilar Kieza uchun 5 million yevro taklif qilishga tayyor.

Qayd etilishicha, Kieza yana Massimiliano Allegri bilan birga ishlashga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli vinger joriy mavsum barcha turnirlarda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 14 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting