«Milan» Fyullkrugni oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin turibdi
«Milan» hujumchi Niklas Fyullkrugni «Vest Hem»dan transfer qilish bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bitimning yakuniy tafsilotlari hali to‘liq kelishib olinmagan, klublar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Bir necha kun avval Fyullkrug «Milan»ga o‘tishga rozilik bildirgan. Transfer ijara + sotib olish huquqi shaklida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, biroq bu band majburiy bo‘lmaydi. Futbolchini sotib olish summasi 14–15 mln yevrodan kam bo‘lishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda germaniyalik hujumchi barcha turnirlarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd eta olmadi. Umumiy hisobda u 413 daqiqa o‘ynagan. Fyullkrugning «Vest Hem» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 mln yevroni tashkil etadi.