locale OZ

«Milan» Fyullkrug transferi boʻyicha «Vest Hem» bilan kelishuvga erishdi

Germaniyalik hujumchi qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Fyullkrug transferi boʻyicha «Vest Hem» bilan kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Milan» hujumchi Niklas Fyullkrugning transferi borasida «Vest Hem» bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi ijara asosida, keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi bilan Milan klubiga o‘tadi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Joriy hafta davomida Fyullkrug «Milan»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Nemis hujumchisi maoshini biroz kamaytirishga rozi bo‘lgan va «Vest Hem»ga qaytishni istamayapti. Futbolchi Milan shahriga bugun kechqurun yoki seshanba kuni ertalab yetib kelishi mumkin.

Joriy mavsumda Fyullkrug barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hali samarali harakatlar bilan ajralib chiqqani yo‘q. Umumiy hisobda u 413 daqiqa o‘ynagan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting