«Milan» futbolchisi BAA klubi bilan shartnoma imzoladi
Transfermarkt portali kelishuvni 8 million yevroga baholagan.
ФОТО: Getty images
"Ash-Shabab" "Milan" yarim himoyachisi Yasin Adlining transferini e'lon qildi.
25 yoshli fransuz bilan 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Transfermarkt portali kelishuvni 8 million yevroga baholagan.
Futbolchi BAA klubi safida yiliga 7 million yevro atrofida maosh olishi ko'zda tutilgan.
2024/25 yilgi mavsumda Adli "Fiorentina"da ijarada o'ynadi. 35 ta o'yinda u 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist