«Milan» Din uchun kurashmoqda
Digne 2022 yildan beri “Aston Villa” sharafini himoya qilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Aston Villa" klubi chap qanot himoyachisi Luka Din faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Transfer News Live xabar tarqatishicha, "Milan" klubi fransiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Biroq italiyaliklar Din bo'yicha kelasi yozda aloqaga chiqishni mo'ljallamoqda. Futbolchining birmingemliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Din 2022 yildan beri “Aston Villa” sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt saytida uning taxminiy narxi - 10 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist