locale OZ

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning transfer siyosati va tarkibni shakllantirish jarayoni haqida fikr bildirdi

«Milan» 28 avgust kuni A Seriyaning 2-turida «Venetsiya»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning transfer siyosati va tarkibni shakllantirish jarayoni haqida fikr bildirdi
photo: gettyimages

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning transfer siyosati va tarkibni shakllantirish jarayoni haqida fikr bildirdi.

«Biz «Milan»ning barcha muammolarini bir transfer oynasida hal qila olmaymiz. Hozir qilayotgan barcha ishlarimiz kelajak uchun mo‘ljallangan. Yosh futbolchilar bilan bog‘liq muammolarimiz bo‘lishi mumkin, ammo yoqimli kutilmagan holatlar ham yuz berishi ehtimol. Biz to‘rt-besh yillik istiqbolni ko‘zlayapmiz», — dedi Amorim jurnalistlarga.

Amorim «Milan»ni 2026 yil iyun oyidan beri boshqarib kelmoqda. Italiya klubi yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun qariyb 160 mln yevro sarfladi.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» 28 avgust kuni A Seriyaning 2-turida «Venetsiya»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting