\"Milan\" Asensioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
“Milan” Marko Asensioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar beradi L’Equipe.
Xabarga ko‘ra, “PSJ” klubi ispaniyalik futbolchi bo‘yicha har qanday takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Italiyaliklar Asensio borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.
Shuningdek, unga “Vilyarreal” va “Fenerbahche” jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq La Liga jamoasining imkoniyatlari boshqalarnikiga qaraganda biroz kamroq ekani ta’kidlanmoqda.
“Fenerbahche” esa Markoga turli bonuslar bilan birga yiliga 15 million yevro maosh taklif qilgan. Biroq u hali Turkiya Superligasiga yo‘l olishga qaror qilgani yo‘q.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist