locale OZ

Mikel Arteta PSJ'ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mikel Arteta PSJ'ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasining yarim finalida PSJ'ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida fikr bildirdi.

“Men kechagi o'yinni tomosha qildim. Bu shunchaki ajoyib edi. Men murabbiy Luis Enrikeni yaxshi bilaman, lekin keling, o'yindan zavqlanaylik. PSJ hozir butunlay boshqa jamoa, ularning qilayotgan ishlari aql bovar qilmas darajada”, - deydi Arteta.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Real”ni har ikki o'yinda ham mag'lub etib, keyingi bosqichga chiqdi. PSJ'ga qarshi yarim finalning dastlabki o'yini 29-aprel kuni, javob bahsi esa 7-may kuni bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting