\"Metallurg\" Qozog‘iston klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan jamoamiz mavsumoldi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.
photo: Metallurg FK
Xabaringiz bor, "Metallurg" futbol klubi bo‘lajak mavsumda PRO-Ligada ishtirok etishni rejalashtirgan.
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan jamoamiz mavsumoldi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.
Rejaga ko‘ra, mazkur bahsda Ilhom Mo‘minjonov shogirdlariga qarshi Qozog‘istonning "Akademiya Ontustik" futbol klubi futbolchilari maydonga tushadi.
O‘yin 25-fevral, chorshanba kuni, "Do‘stlik" stadionida bo‘lib o‘tadi va 13:30da start oladi.
Barcha futbol ixlosmandlarini stadionga chorlab qolamiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor