locale OZ

\"Metallurg\" klubi yana bir masalani ijobiy hal qildi

Bekobodning "Metallurg" klubi sobiq futbolchisi Marko Milichkovich bilan bog‘liq vaziyatni ijobiy hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Metallurg" klubi yana bir masalani ijobiy hal qildi
photo: Metallurg FK

Bekobodning "Metallurg" klubi sobiq futbolchisi Marko Milichkovich bilan bog‘liq vaziyatni ijobiy hal qildi.

Chernogoriyalik futbolchi moliyaviy muammolar sababli OFKga arz qilgan edi. Qayta tashkil qilingan "Metallurg" PFK rahbariyati mazkur masalani sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishdi hamda hal qilishni uddalashdi.

Natijada, endi "Metallurg" klubining litsenziyalash bilan bog‘liq hech qanday cheklov yoki muammolari mavjud emas. Bu borada 5-mart sanasida O‘zbekiston Professional futbol ligasiga OFKdan xat yuborilgan.

O‘z navbatida, futbolchining agenti Nikola Tadich o‘yinchi va "Metallurg" klubi o‘rtasidagi barcha muammolar bartaraf etilgani to‘g‘risida xat yubordi.

Shuningdek, agent mazkur vaziyat hal etilishida jonbozlik ko‘rsatgan "Metallurg" PFK bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevdan minnatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Nikola tajribali mutaxassis to‘liqligicha aloqani saqlab turgani, professional tarzda masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatganiga urg‘u berib o‘tdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting