«Metallurg» jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi
“Metallurg”ni yangi mavsumda Ilhom Mo‘minjonov boshqaradi.
Фото: Металлург ПФК
“Metallurg” dastlab "Lokomotiv" U-21 jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi.
Unda jamoa g‘alabani (4:3) tantana qilgan edi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng jamoa aʼzolari 2 dam olib, bugun yana Toshkentda jam bo‘lishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub delegatsiyasi Toshkent shahridagi "Maxvel" mehmonxonasiga joylashdi va yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Metallurg”ni yangi mavsumda Ilhom Mo‘minjonov boshqaradi. Klub Proliga ishtirok etishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist