locale OZ

Metallurg FIFAning transfer taqiqidan qutulishga yaqin

23 yanvar sanasida Bekobod klubi qayta tiklangani rasman e’lon qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Metallurg FIFAning transfer taqiqidan qutulishga yaqin
Фото: Металлург ПФК

“Metallurg” PFK transfer taqiqidan qutulishga yaqin. Klub Yosovich bilan bog‘liq vaziyatni ijobiy hal etmoqda.

Jamoaning sobiq futbolchisi Ivan Yosovich 2025 yilda maoshining ma’lum qismini, davolanish uchun sarflangan mablag‘ hamda aviachiptalar xarajatlarini klub qoplab bermagani tufayli FIFAga ariza yuborgan edi.

Ishni o‘rganib chiqqan xalqaro tashkilot 2025 yil 16 aprel kuni futbolchi foydasiga qaror chiqardi. Biroq o‘sha davrlarda klub faoliyati to‘xtatilgani sababli masala ochiq qoldi.

Natijada, FIFA tartib-intizom qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan 2025 yilning 10 iyul sanasida qarorni bajarmagani uchun klubga nisbatan yangi futbolchilarni navbatdagi uchta transfer oynasi davomida, va muammo hal etilmagan taqdirda, undan keyingi transfer oynalarida ham ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘ydi.

Xabaringiz bor, ma’lum tanaffusdan so‘ng joriy yilning 23 yanvar sanasida Bekobod klubi qayta tiklangani rasman e’lon qilindi.

Qisqa fursatda klub rahbariyati va mutasaddilari ushbu holat yuzasidan kerakli choralarni amalga oshirishdi va futbolchi bilan to‘liq hisob-kitob qilinib, FIFAga tegishli xat yuborildi.

Endilikda FIFA klubdan transfer bo‘yicha cheklovni rasman olib tashlashi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting