locale OZ

Metallurg Azimjon Ahmedov bilan shartnoma imzoladi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Metallurg Azimjon Ahmedov bilan shartnoma imzoladi
photo: Metallurg FK

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, tajribali futbolchi Azimjon Ahmedov yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

Ma`lumot uchun, Ahmedov o‘tgan mavsum "Navbahor" safida to‘p tepdi. Umumiy hisobda Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasida futbolchi 23 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 1 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.

Azimjon Ahmedov futbolchilik faoliyati davomida "Navbahor", "Paxtakor" va "Turon" klublari safida to‘p tepgan.

"Azimjon Ahmedov yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.

Azimjon Ahmedov
Tug‘ilgan sanasi: 04.01.1992
Tug‘ilgan joyi: Namangan shahri
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Navbahor", "Paxtakor" va "Turon".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting