locale OZ

Messining «Inter Mayami» safidagi gollari 99 taga yetdi

Leo 99 ta gol urish uchun 114 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Messining «Inter Mayami» safidagi gollari 99 taga yetdi
ФОТО: Getty images

MLS doirasida «Inter Mayami» va «Neshvill» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Inter Mayami»ning gollaridan biri Lionel Messi hisobiga yozildi. Shu tariqa, argentinalik yulduzning klub safidagi gollari soni 99 taga yetdi. Endi Messiga «Inter Mayami» uchun yubiley — 100-golini urishga atigi bitta to‘p qoldi.

Messi 99 ta gol urish uchun 114 ta uchrashuv o‘tkazgan. U MLS jamoasi safida 2023 yil yozidan buyon to‘p tepmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting