locale OZ

Messining dubli va ikkita golli uzatmasi “Inter Mayami”ga g'alaba keltirdi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Messining dubli va ikkita golli uzatmasi “Inter Mayami”ga g'alaba keltirdi
FOTO: Getty Images

Bugun MLS ligasi doirasida “Inter Mayami” va “Kolumbus Kryu” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda mezbonlar 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda Lionel Messi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Tadeo Allende, Luis Suares va Fafa Piko ham bittadan golga mualliflik qilishdi.

Mehmonlarning yagona javob to'pi Sezar Ruvalkaba nomiga yozildi.

Ma'lumot uchun, “Inter Mayami” MLS Sharqiy konferensiyasida 16 o'yindan so'ng 29 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. “Kolumbus Kryu” esa 17 o'yinda 28 ochko to'plab, Sharqiy konferensiyada 5-o'rinni egallab turibdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting