Messining Argentinada joylashgan haykali buzib tashlandi
Ushbu haykal Argentinaning JCh-2022dagi gʻalabasiga bagʻishlangandi.
FOTO: Getty Images
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messining haykali Mar del Plata shahrida vandalizm qurboni bo‘ldi. Ahora Mar del Plata nashrining xabar berishicha, futbolchi haykaliga hujum qilgan noma’lum shaxslar uni ikkiga bo‘lib sindirishgan.
Haykal El Nuevo Mundial kafesining kirish qismida joylashgan edi. Unda futbolchi milliy jamoa ranglarida va qo‘lida Jahon kubogi sovrini bilan tasvirlangan. Ushbu haykal Argentina milliy jamoasining 2022 yil Qatardagi Jahon chempionatidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan.
Hozirda voqeaning tafsilotlari aniqlanmoqda. Shuningdek, haykalni tiklash imkoniyati ham baholanadi — bu vandalizm holati haykalga ikkinchi bor zarar yetkazilgani bilan ahamiyatlidir. 2024 yilda esa Messining haykali boshidan ajratilgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist