Messi: «Yolg‘izlikni sevaman va undan zavq olaman»
Argentinalik yulduz kundalik hayoti haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
Lionel Messi o‘zining kundalik hayoti va oilaviy odatlari haqida so‘zlab berdi.
«Men o‘z narsalarimga boshqa birov tegishini yoqtirmayman. Hammasi qayerda ekanini bilishim kerak. Bu odatim bolaligimdan bor. Tiago ham shunday, Chiro ham», — deydi Messi.
Shuningdek, futbolchining aytishicha, u ba’zan yolg‘iz bo‘lishni yoqtiradi:
«Menda biroz g‘alati tomon ham bor… Yolg‘izlikni sevaman va undan zavqlanaman. Uch bola bilan uyda tartibsizlik bo‘lsa, ba’zida bu meni ranjitadi, shuning uchun tinchlik va sokinlikda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘raman».
Maʼlumot uchun, Messi bu intervyuda oilaviy hayotdagi kichik detallar va o‘z shaxsiy qoidalari bilan bo‘lishdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist