locale OZ

Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha Ronalduni sezilarli darajada ortda qoldirdi

39 yoshli futbolchi jarima zarbasidan kiritilgan gollar bo‘yicha tarixiy reytingda ham ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha Ronalduni sezilarli darajada ortda qoldirdi
Foto: Getty Images

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida “San-Diyego”ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda jarima zarbasidan gol urdi. Shu tariqa argentinalik futbolchi faoliyatidagi bunday gollar sonini 75 taga yetkazib, Krishtianu Ronaldudan 10 ta golga ilgarilab ketdi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Mazkur gol Messi uchun professional faoliyatidagi 930-gol bo‘ldi. 39 yoshli futbolchi jarima zarbasidan kiritilgan gollar bo‘yicha tarixiy reytingda ham ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib, 74 ta gol qayd etgan braziliyalik Jair Roza Pintoni ortda qoldirdi.

Endilikda Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi Marselinyo Kariokaga yaqinlashdi. Braziliyalik sobiq futbolchi faoliyati davomida jarima zarbalaridan 78 ta gol urgan. Argentinalikka rekordni takrorlash uchun yana 3 ta, yangilash uchun esa 4 ta gol kerak.

Ma’lumot uchun, Messi “Inter Mayami” safida 2023-yildan buyon to‘p tepmoqda. “San-Diyego”ga qarshi gol uning faoliyatidagi 75-jarima zarbasi bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu esa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Messidan ortda bormoqda; turli statistik bazalarda portugaliyalikning natijasi 64–65 ta gol sifatida qayd etilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting