locale OZ

Messi jahon chempionatlari tarixida takrorlanmas rekord o‘rnatdi

Bundan tashqari, Leo jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha o‘z rekordini ham yangiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi jahon chempionatlari tarixida takrorlanmas rekord o‘rnatdi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida ketma-ket yettita uchrashuvda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

JCh-2026 guruh bosqichining 3-turida Iordaniyaga qarshi bahsda Messi yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va shu orqali hech bir futbolchi erisha olmagan noyob natijani qayd etdi.

Shu tariqa, argentinalik yulduz sayyoramizning eng nufuzli futbol musobaqasida ketma-ket yetti o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, Messi jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha o‘z rekordini ham yangiladi. Endi uning hisobida mundiallarda 19 ta gol mavjud.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting