locale OZ

Messi: \"Ishsiz odamlar meni tanqid qilish bilan ovora\"

Argentina terma jamoasi sardori JCh-2026 finaliga yo‘l olganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi: "Ishsiz odamlar meni tanqid qilish bilan ovora"
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCh-2026 finaliga yo‘l olganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

Messining ta'kidlashicha, u tanqidlarni jiddiy qabul qilmaydi va bunday fikrlar uning e'tiborini chalg‘itmaydi.

"Ishsiz odamlar bo‘ladi, ular kun bo‘yi boshqalarni tanqid qilish bilan shug‘ullanadi. Men bunday gaplarga ahamiyat bermayman. Eng muhimi — jamoamiz yana Jahon chempionati finaliga chiqdi."

39 yoshli futbolchi, shuningdek, Argentina ketma-ket ikkinchi bor mundial finaliga chiqqanidan faxrlanishini aytib, bu natija butun jamoaning mehnati evaziga qo‘lga kiritilganini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, JCh-2026 finaliga yo‘l oldi. Endi Lionel Skaloni shogirdlari 19-iyul kuni AQSHdagi **“MetLife Stadium”**da Ispaniyaga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting