Messi “Inter Miami”ni tark etishi mumkin
Photo: Getty Images
“Inter Miami” hujumchisi Lionel Messi jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
Qayd etilishicha, argentinalik futbolchi Florida klubi bilan yangi shartnoma bo‘yicha hanuz kelisha olgani yo‘q. Shu sababli u klubni tark etib, Yevropaga qaytishi mumkin.
Ammoki, “Inter Miami” Messini jamoada olib qolmoqchi. Biroq futbolchi bilan muzokaralar to‘xtab qolgani aytilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist