Messi «Inter Mayami» qarorgohini tark etadi
Bu haqda ESPN xabar berdi.
Фото: Getty Images
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi kelasi hafta Ispaniyaga yo‘l oladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Argentinalik futbolchi 2026 yil uchun sport sohasidagi Asturiya malikasi mukofotini qabul qilib olish marosimida ishtirok etadi. Ushbu mukofot Messiga iyun oyida berilgandi.
Hakamlar hay’ati futbolchining sportdagi yutuqlari, shuningdek, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarning ta’lim va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xayriya ishlarini e’tirof etgan. Taqdirlash marosimi 22 oktyabr kuni Ispaniyaning Oviedo shahrida bo‘lib o‘tadi.