Messi «Inter Mayami» bilan kelishib oldi
Messi futbolchilik faoliyatini yakunlagach, klubda o‘z ulushiga egalik qiladi.
ФОТО: Getty images
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Nacho Garsiya xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli argentinalik futbolchi shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan kamida ikki yilga cho‘zadi.
Bundan tashqari, Messi futbolchilik faoliyatini yakunlagach, klubda o‘z ulushiga egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yilning iyulidan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.
Messi MLSning joriy mavsumdagi 22 o‘yinida 22 ta gol va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist