Messi faoliyatida ilk bor jahon chempionati saralashida eng yaxshi to'purar bo'ldi
U faoliyatida ilk marotaba bunday ko'rsatkichga ega bo'ldi.
ФОТО: Getty images
Argentinalik hujumchi Lionel Messi faoliyatida ilk bor Janubiy Amerika uchun jahon chempionati saralashida 8 ta gol urib, eng yaxshi to'purar bo'ldi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.
Shu bilan birga, bu turnir hozirgi ko'rinishda o'tkazila boshlanganidan beri (1996 yildan beri) eng yaxshi to'purar uchun eng past ko'rsatkichdir.
Avvalroq xabar berilganidek, 38 yoshli Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi kutilmoqda. Venesuelaga qarshi kechgan bahsdan so'ng u argentinalik muxlislar bilan xayrlashgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist