Messi Ekvadorga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Lionel Messi Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘yinida maydonga tushmasligini o‘zi ma’lum qildi.
38 yoshli futbolchi bugun JCh-2026 saralash bosqichidagi Venesuelaga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol urdi.
O‘yindan so‘ng Messi argentinalik muxlislar bilan xayrlashdi, chunki bu uchrashuv uning terma jamoa safida vatanda o‘tkazgan so‘nggi o‘yini bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, u Ekvadorga qarshi safardagi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
"Men Scaloni bilan suhbatlashdim va Ekvadordagi keyingi o‘yinga bormasligim haqida kelishdik. Yaqinda jarohatdan tuzalganman. Hozir o‘zimni yaxshi his qilayotgan bo‘lsam-da, qo‘shimcha safarlar va zo‘riqishlardan qochishni ma’qul ko‘rdik. Hozir dam olishim kerak, oldinda 'Inter Mayami' uchun muhim o‘yinlar bor", - dedi Messi TNT Sports’ga bergan intervyusida.