locale OZ

Messi bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Photo: Getty Images

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Bunga argentinalik futbolchining MLS yulduzlari jamoasi safida o‘yin o‘tkazishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, 38 yoshli Messi 23 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etmagan. Ushbu bellashuvda MLS yulduzlari Meksika chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan jamoaga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

MLS reglamentiga ko‘ra, yulduzlar o‘yinida qatnashmaslik futbolchining keyingi klub o‘yinida maydonga tushmasligiga olib keladi. Shu sababli, Messi yaqinlashib kelayotgan navbatdagi o‘yinda “Inter Mayami”ga yordam bera olmaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting