Messi Argentina terma jamoasining bo'lajak uchrashuvlarida qatnashmasligi mumkin
ФОТО: Getty images
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Ekvadorga qarshi bahsda maydonga tushmasligi mumkin.
Dsports xabar berishicha, argentinaliklar bosh murabbiyi 38 yoshli futbolchining jarohati qaytalanmasligini istamoqda. Shu sababli, 10 sentyabr kuniga belgilangan bellashuvda qatnashmasligi mumkin.
Shuningdek, Messi “Inter Mayami” safida muhim o'yinlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 5 sentyabr kuni Argentina o'z uyida Venesuelani qabul qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 04:30 da boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist