locale OZ

Mendi Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunladiMendi Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Mendi Senegal safida 59 ta o‘yin o‘tkazdi.
Mendi Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunladiMendi Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

«Al Ahli» klubi va Senegal milliy terma jamoasi darvozaboni Eduar Mendi xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

34 yoshli posbon bu haqda Instagram orqali ma’lum qildi. Mendi 2018 yildan buyon o‘ynab kelgan Senegal milliy jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Bu davr mobaynida darvozabon Senegal futboli tarixidagi muhim figuralardan biriga aylandi. Eduar milliy jamoa safida 2021 va 2025 yillarda ikki marta Afrika Millatlar kubogida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, u 2022 va 2026 yillardagi Jahon chempionatlarida qatnashdi.

Mendi Senegal safida 59 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning so‘nggi yirik musobaqasi AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan JCH-2026 bo‘ldi. U jarohati sabab Iroqqa qarshi so‘nggi tur o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting