Melbourne City WFC hamda Nasaf o'yini oldidan yig'ilish o'tkazildi
Yig‘ilish davomida tashkiliy masalalar, shuningdek futboldagi yangi qonun-qoidalar muhokama qilinib, jamoalar rasmiylariga tegishli ma’lumotlar yetkazildi.
photo: Nasaf fk
Bugun ayollar o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final bosqichi doirasida Melbourne City WFC hamda Nasaf jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin musobaqa rasmiylari va jamoalar vakillari ishtirokida uchrashuvoldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida tashkiliy masalalar, shuningdek futboldagi yangi qonun-qoidalar muhokama qilinib, jamoalar rasmiylariga tegishli ma’lumotlar yetkazildi.
Shuningdek, ertangi uchrashuvda jamoalarning qaysi rangdagi sport formalarida maydonga tushishi ham aniq belgilab olindi. Unga ko‘ra, mezbon Melbourne City WFC jamoasi moviy rangda, jamoamiz esa qizil rangdagi sport formalarida maydonga tushadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor