Mehdi Taremi — «Olympiacos» futbolchisi
Фото: Getty Images
Mehdi Taremi “Olympiacos” futbolchisiga aylandi.
Gretsiya klubi “Inter”ning 33 yoshli hujumchisi transferini e'lon qildi.
Transfer qiymati 2,5 million yevroni tashkil etdi. Futbolchi Toshkentdan Afina tomon yo'l oldi. U Eron milliy terma jamoasi bilan CAFA turnirida ishtirok etishi kutilgandi.
Eronlik forvard “Inter” safida 43 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Taremi faoliyati davomida “Portu”, “Rio Ave”, “Al-Gharafa” va “Persepolis” klublarida ham to'p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist