Mehdi Benatia «Marsel» sport direktori lavozimini tark etdi
Avvalroq klub De Zerbini ham isteʼfoga chiqargandi.
FOTO: Getty Images
«Bavariya» va «Yuventus» klublarining sobiq futbolchisi Mehdi Benatia «Marsel» sport direktori lavozimini tark etdi. Bu haqda «funksionerlar» matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq, jamoani bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Roberto De Zerbi ham tark etgan edi. Benatia hafta boshida iste’foga chiqishni taklif qilgan, biroq uning so‘rovi klub rahbariyati tomonidan rad etilgani sababli o‘z lavozimida qolgan edi.
«Strasburg»ga qarshi o‘yindan (2:2) va provansalliklar muxlislarining noroziliklaridan so‘ng, marokashlik mutaxassis o‘z lavozimini bo‘shatdi va iste’fosi shunchaki «taklif qilingan» emas, balki «muqarrar» bo‘lganini ta’kidladi.
Ayni damda «Marsel» Liga 1 turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist