locale OZ

Mbappe Zidan tayinloviga munosabat bildirdi

28-iyul kuni Fransiya futbol federatsiyasi Zinedin Zidanni rasman terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe Zidan tayinloviga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Zinedin Zidanning mamlakat bosh murabbiyi etib tayinlanganiga munosabat bildirib, afsonaviy mutaxassis bilan ishlashni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.

“Bu ajoyib yangilik. Zidan kabi afsona bilan ishlash har qanday futbolchi uchun katta sharaf. Men uning qo‘l ostida o‘ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Ishonchim komilki, u Fransiya terma jamoasini yangi yutuqlarga olib chiqadi”, — dedi Mbappe.

28-iyul kuni Fransiya futbol federatsiyasi Zinedin Zidanni rasman terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. U bu lavozimda 14 yil davomida jamoani boshqargan Dide Desham o‘rnini egalladi va 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Zidanning murabbiylik faoliyatidagi eng yirik muvaffaqiyatlari “Real Madrid” bilan bog‘liq. U madridliklar safida uch marta ketma-ket UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va ikki bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. Endilikda mutaxassis Fransiya terma jamoasi bilan ilk yirik sovrinlarini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting