locale OZ

Mbappe: “Siz yolgʻiz emassiz, butun Fransiya siz bilan”

Fransiyalik futbolchi Deshamni qo‘llab-quvvatladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe: “Siz yolgʻiz emassiz, butun Fransiya siz bilan”
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe onasi vafot etgan bosh murabbiy Didye Deshamga dalda bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qoldirdi.

Mbappe murabbiyiga hamdardlik bildirib, ushbu og‘ir damlarda u va uning oilasi yolg‘iz emasligini ta’kidladi.

“Siz yolg‘iz emassiz. Butun jamoa va Fransiya xalqi siz bilan birga,” — deb yozdi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Desham onasining vafoti sababli AQSHdagi terma jamoa qarorgohini tark etib, Fransiyaga qaytgan. Shu sababli u Norvegiyaga qarshi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida jamoani boshqara olmaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting