Mbappe — «Real»ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images
Madridning “Real” klubi avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, Kylian Mbappe eng yaxshi deb topildi. Fransiyalik futbolchi muxlislar ovoziga ko‘ra g‘olib bo‘ldi.
U bu borada jamoadoshlari Din Heysen, Arda Gyuler, Aurelien Tchouameni va Vinisius Juniorni ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi La Ligadagi dastlabki 3 o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Kylian esa 3 ta o‘yinda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist