locale OZ

Mbappe: «Orzularimni amalga oshirish uchun «PSJ»ni tark etishga qaror qilgandim»

Fransiyalik futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe: «Orzularimni amalga oshirish uchun «PSJ»ni tark etishga qaror qilgandim»
photo: gettyimages

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe nega «PSJ»ni tark etishga qaror qilgani haqida gapirdi.

«PSJ»dan ketishga qaror qilganimda, u yerdagi vaqtim o‘z nihoyasiga yetgan edi. Klub uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim va bu vazifani juda yaxshi uddaladim, deb o‘ylayman. Ammo men o‘z orzularimni amalga oshirishni — «Real»da o‘ynashni istardim. 25 yoshimda buning uchun eng yaxshi payt edi.

Ishonamanki, bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. «PSJ»da yetti yil o‘tkazdim. Chempionlar ligasi finali, yarimfinal va chorakfinallarida o‘ynadik. Ammo ketish vaqti kelgan edi va ular boshqa yo‘ldan borishdi. Olti yoki yetti nafar futbolchini sotib olishdi va barchasini o‘zgartirishdi. Natijada Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdi. Ularni tabriklayman», — deya Mbappening so‘zlaridan keliradi.

Ma’lumot uchun, Mbappe 2024 yil yozida «PSJ»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting