locale OZ

Mbappe Messini ortda qoldirdi

Fransiyalik futbolchi JCh tarixiga kirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe Messini ortda qoldirdi
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026-yilgi Jahon chempionatida yana bir tarixiy natijaga erishdi.

U turnir davomida 20 ta samarali harakat (gol + assist) qayd etib, bu ko'rsatkich bo'yicha Lionel Messini ortda qoldirdi.

Mbappe shu tariqa 1966-yildan buyon o'tkazilgan jahon chempionatlarida bitta mundial davomida 20 va undan ortiq samarali harakat amalga oshirgan sanoqli futbolchilardan biriga aylandi.

Fransiyalik yulduz mundialdagi yorqin o'yini bilan rekordlarni ketma-ket yangilashda davom etmoqda va hozircha turnirning eng samarali futbolchilaridan biri bo'lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting