Mbappe: «Mening vazifam — kiyinish xonasidagi muhitni nazorat qilib turish»
Kilian Shvetsiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Jahon chempionati–2026 1/16 finalida Shvetsiya ustidan qo‘lga kiritilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men nima uchun o‘ynayotganimni, qayerda ekanligimni va zimamda qanday mas’uliyat borligini yaxshi tushunaman. Jamoa ham bu yerdagi vazifalarini aniq biladi. Endi yangi bosqich boshlanmoqda. Bugun ishonchli o‘ynadik, garchi o‘yin boshlanishi biroz qiyin kechgan bo‘lsa ham. Keyinroq o‘z o‘yinimizni topdik va gol bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Mening vazifam — kiyinish xonasidagi muhitni nazorat qilib turish", — dedi Mbappe.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist