locale OZ

Mbappe JCH-2026da eng ko‘p gol uradigan futbolchini aytdi

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe JCH-2026da eng ko‘p gol uradigan futbolchini aytdi
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026da kim eng ko‘p gol urishi haqidagi savolga javob berdi.

Turnir shu yozda AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

— Lamin Yamal yoki Holand?
— Yamal.
— Lamin Yamal yoki Vinisius?
— Vinisius.
— Vinisius yoki Keyn?
— Vinisius.
— Vinisius yoki Messi?
— Messi.
— Messi yoki Krishtianu Ronaldu?
— Krishtianu.
— Krishtianu yoki Mbappe?
— Men! — deya Mbappenning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida.

JCH-2026 guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi. Jamoalar bir-biri bilan aylana tizimida o‘ynaydi (har biri uchtadan o‘yin). Pley-offga har bir guruhdan eng yaxshi ikkita terma jamoa, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa chiqadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting