Mbappe jahon chempionatida ikki marta «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi
Kilian turnirda 10 ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U musobaqada 10 ta gol urib, “Oltin butsa” sohibiga aylandi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe jahon futboli tarixida jahon chempionatida ikki marta “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga beriladigan ushbu mukofot 1982 yildan beri topshirib kelinmoqda. Shuningdek, 27 yoshli hujumchi 2026 yilgi mundialning “gol+pas” tizimi bo‘yicha ham eng samarali futbolchi bo‘ldi. U 10 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan jami 14 samarali harakat qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist