Maykl Olise Fransiya milliy terma jamoasi tarixida rekord o'rnatdi
«Bavariya» futbolchisi shu tariqa musobaqadagi uchta bahsning barchasida samarali harakat qayd etdi.
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 3-turida Fransiya milliy jamoasi Italiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar safidagi yagona golga hujumkor yarim himoyachi Maykl Olise mualliflik qildi.
«Bavariya» futbolchisi shu tariqa musobaqadagi uchta bahsning barchasida samarali harakat qayd etdi.
Stats de Foot ma’lumotlariga ko‘ra, Olise Fransiya milliy terma jamoasi tarixida yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi dastlabki uchta bahsning har birida gol yoki assist qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.