Maykl Kerrik: «Juda yomon o‘ynadik»
"MYU" ustozi bellashuv haqida fikr bildirdi.
ФОТО: Getty images
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik mavsumoldi tayyorgarlik doirasida «Milan»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Natijadan juda hafa bo‘ldik. Biz yomon o‘ynadik. Buning sabablari bor, ammo hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas. Biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak.
Umuman olganda, keyingi haftaga tayyormiz. Bugungi o‘yinda o‘tkazilgan daqiqalar ko‘plab futbolchilarimiz uchun foydali bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qildik, o‘yinlardagi chiqishlarimiz ham ancha yaxshi bo‘lgan edi.
Shunga qaramay, biz hali ham ajoyib kayfiyatni saqlab qolmoqdamiz», — dedi Kerrik. Uning so‘zlarini Tribal Football keltirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist