Maxachev Topuriyaga qarshi jang haqida: «Men tayyorman»
Dog‘istonlik UFC chempioni oʻzining navbatdagi janggi haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
UFCning yarimo‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Islam Maxachev yengil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya bilan jang qilishga tayyorligini bildirdi.
Maxachev bergan intervyusida ushbu g‘oya unga yoqishini, agar UFC rahbariyati va muxlislar buni xohlasa, bunday to‘qnashuvga tayyor ekanligini ta’kidladi.
«Menga bu g‘oya yoqadi. Agar UFC buni xohlasa va ko‘plab MMA muxlislari ushbu jangni kutayotgan bo‘lsa, men tayyorman».
Hozirgi vaqtda Iliya Topuriyaning navbatdagi raqibi Jastin Getji bo‘lishi kutilmoqda. Getji avvalroq Peddi Pimblettni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Islam Maxachev va
Nasrullo Karimov
Jurnalist