locale OZ

Mavsum yakunlariga koʻra Yevropaning eng yaxshi futbolchilari reytingi eʼlon qilindi — Goal

Unga koʻra, roʻyxatning birinchi pogʻonasini Harri Keyn egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mavsum yakunlariga koʻra Yevropaning eng yaxshi futbolchilari reytingi eʼlon qilindi — Goal
FOTO: Getty Images

Goal portali 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropaning eng yaxshi futbolchilari reytingini eʼlon qildi. Unda birinchi oʻrinni Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn egalladi. Angliyalik futbolchi jamoadoshi — ikkinchi oʻrinni band etgan Maykl Oliseni ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi.

Uchinchi va toʻrtinchi pogʻonalardan «Barselona» vingeri Lamin Yamal hamda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe joy oldi. Kuchli beshlikni esa «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays yakunlab berdi.

Goal talqiniga koʻra, 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropaning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:

  1. Harri Keyn («Bavariya»).
  2. Maykl Olise («Bavariya»).
  3. Lamin Yamal («Barselona»).
  4. Kilian Mbappe («Real»).
  5. Deklan Rays («Arsenal»).
  6. Usmon Dembele («PSJ»).
  7. Luis Dias («Liverpul»).
  8. Xvicha Kvarasxeliya («Napoli»).
  9. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»).
  10. Vitinya («PSJ»).
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting