Mateta APLning top klublari nishonida
Futbolchining mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" va "Liverpul" jamoalari "Kristal Pelas"ning fransiyalik hujumchisi Jan-Filipp Mateta xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yuqorida nomi aytilgan jamoalar Mateta atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Futbolchining mehnat shartnomasi “burgutlar” bilan 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Matetaning narxini 35 mln yevroga baholamoqda.
Fransiya terma jamoasi safida hujumchi uchta o‘yin o‘tkazdi. Ularda futbolchi ikkita gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist